fbpx Betguru » Hakam Deniz Aytekin xalqaro faoliyatini yakunladi
Friday, 22 November 2024
← Go to the news

Hakam Deniz Aytekin xalqaro faoliyatini yakunladi

Bosh hakam Deniz Aytekin xalqaro faoliyatini yakunladi.

44 yoshli hakam 2011 yildan beri FIFA hakamlari ro‘yxatida. O‘shandan beri u Chempionlar Ligasida 25, Yevropa Ligasida 29 va milliy jamoalar ishtirokidagi 23 o‘yinni boshqardi.

Aytekin 2016/17 yilgi YeCHL 1/8 finalidan o‘rin olgan «Barselona» – «PSJ» o‘yinida bosh hakam bo‘lgan va kataloniyaliklar foydasiga chiqargan ayrim qarorlari bahslarga sabab bo‘lgan. Parij klubi birinchi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozongan (4:0), ammo Deniz boshqargan davob bellashuvida 1:6 hisobida yengilib turnirni tark etgan.

«So‘nggi bir necha kun ichida oilam va do‘stlarim bilan xalqaro hakamlik faoliyatim haqida ko‘p gaplashdim. Natijada 12 yillik xizmatdan so‘ng FIFA referisi lavozimini tark etayotganim to‘g‘ridek tuyuldi. Qarorimni UEFA bosh hakamlar inspektori Roberto Rozetti bilan ham muhokama qildim.

Agar sog‘lom bo‘lsam, yana bir necha yil Germaniya chempionatida eng yuqori saviyada ishlayman. Bundan keyin bo

image