← Go to the news
27.07.2022
1055
So'ngi yangiliklar
Islom To‘xtaxo‘jayev Qatar klubiga o‘tdi
«Qizilqum» himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev faoliyati davomida ikkinchi bor legionerga aylandi.
Ikki mavsumdan buyon Superliga ishtirokchisi «Qizilqum» klubi safida to‘p surib kelayotgan 32 yoshli himoyachi Qatarning «Al-G‘arafa» klubi a’zosiga aylandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq himoyachisi qatarliklar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan. «Al-G‘arafa» o‘tgan mavsum Qatar Yulduzlar ligasida 5-o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Islom hozirga qadar «Neftchi», «Lokomotiv» va «Qizilqum» klubi sharafini himoya qilgan. Legioner sifatida 2020 yil Xitoyning «Shenyang Urban» klubiga o‘tib, koronavirus pandemiyasi sababli ortga qaytgan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan