← Go to the news
25.07.2022
760
So'ngi yangiliklar
Luis Suares sobiq jamoasiga qaytmoqda
«Atletiko» bilan xayrlashgan Luis Suaresning faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum qilindi.
Ispaniyalik jurnalist Rodri Vaskesning yozishicha, 35 yoshli hujumchi Urugvayning «Nasonal» klubiga o‘tmoqda. Urugvaylik forvard 16 yil o‘tib, Montevideo jamoasiga qaytmoqda. Qayd etilishicha, Suares ushbu klub bilan JCH-2022 starti – 21 noyabrga qadar qisqa muddatli shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, Suares Argentinaning «River Pleyt» klubi taklifini rad etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Luis 2005-2006 yillar davomida «Nasional» sharafini himoya qilib, ushbu klubdan Yevropaga ko‘chib o‘tgan. Urugvaylik hujumchi hozirga qadar «Groningen», «Ayaks», «Liverpul», «Barselona» va «Atletiko» klublarida to‘p surgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan