Depay APL klubi taklifini rad etdi
«Barselona» hujumchisi Memfis Depay Premer-ligadan tushgan taklifni rad etdi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «Tottenhem» bir necha kun oldin niderlandiyalik futbolchi bilan bog‘langan. Shuningdek, «shporlar» vakillari Memfisning atrofidagilar bilan suhbatlashishdi. Ammo Depay bu transferga qiziqish bildirmasligini, bunday variantni istisno qilishini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, 28 yoshli forvard «Barsa»da qolishni xohlaydi, ammo uning o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqarishi mumkin.
Shu bilan birga, Depay faqat sovrinlarga da’vogar klublarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Agar «ko‘k-anorranglilar» vaqt o‘tishi bilan talablarni kamaytirsa, futbolchida bunday imkoniyat bo‘lishi mumkin. Klub hujumchi uchun 20 mln yevroga yaqin pul olmoqchi.