«Mourino bilan ishlash men uchun katta sharaf». Dibala «Roma»ni tanlagani sababini aytdi
Paulo Dibala «Roma» bilan uch yillik shartnoma imzolagach, dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Roma»ning meni o‘z safiga qo‘shib olish uchun amalga oshirgan ishlari, muzokaralarda tezkor va qat’iyatli bo‘lgani bu jamoani tanlashimga muhim ahamiyatiga ega bo‘ldi. Men yildan-yilga o‘sayotgan jamoa safiga qo‘shildim. Bu jamoani boshqarayotgan Joze Mourino bilan bir klubda ishlash men uchun katta sharaf bo‘ladi.
«Roma»ning raqibi sifatida Rimdagi stadionga kelganimda har doim muxlislarning ajoyib atmosferani yaratganidan rohatlanganman. Yangi klubim libosida maydonga tushishni intizorlik bilan kutyapman», – deya argentinalik 28 yoshli forvardning so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Dibala «Yuventus» bilan xayrlashgach, «Roma»ga erkin agent sifatida o‘tdi.