← Go to the news
28.06.2022
1101
So'ngi yangiliklar
OFK Kubogi. SSKA «Oltin asr» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
OFK Kubogida 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Ye guruhining ikkinchi o‘yinida mezbon — Dushanbening SSKAsi Turkmanistonning «Oltin asr» klubiga qarshi bellashuvning 90+3-daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Natijada Qirg‘izistonning «Neftchi»sidan (2:0) ustun kelgan O‘zbekiston vakili «So‘g‘diyona» dastlabki turdan so‘ng guruhda yakkapeshqadamga aylandi.
2-turda 27 iyunda Jizzax klubi SSKA bilan to‘qnash kelsa, «Oltin asr» «Neftchi»ga qarshi bahs yuritadi.
OFK Kubogi. 1-tur. 27 iyun
Ye guruhi
Oltin asr — SSKA Pomir 1:1
Gollar: Rashidbekov (85, avtogol) — Sharipov (90+3).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan