Kuman: Ikki mashg’ulotdan so’ng, Pedri ajoyib futbolchi bo’lishi aniq bo’ldi
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman yarim himoyachi Pedri haqida gapirdi.
“Pedrining ishi ajoyib. Esimda, “Barselona” bilan shartnoma imzolaganimda, ular men bilan u haqida gaplashishgan edi, lekin men hech narsa bilmasdim. Dastlabki ikki mashg‘ulotdan so‘ng Pedri ajoyib futbolchiga aylanishi ma’lum bo‘ldi. Ikki mashg’ulotda u haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’ldim.
Boshqa jamoalar uni ijaraga olmoqchi edi, lekin mavsum oldidan men: “Pedri ketmasligi kerak, chunki men u qisqa vaqt ichida asosiy tarkib futbolchisiga aylanishiga ishonaman”, dedim. Shunday bo’ldi, – deb Kumanning so’zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.
59 yoshli Kuman ispan klubini 2020 yilning avgustidan 2021 yilning oktyabrigacha boshqargan. Uning qo’l ostida 19 yoshli Pedri 56 ta o’yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.