La Liga. «Barselona» «Osasuna»ni tor-mor etdi, Ferranda dubl
Ispaniya chempionatining 28-turida «Barselona» o‘z maydonida «Osasuna» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Ferran Torres dublga erishgan bo‘lsa, Obameyang va Puch ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.
Kataloniya klubi ochkolarini 51taga yetkazib, 3-o‘ringa qaytdi. «Osauna» 35 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.
La Liga. 28-tur
Barselona — Osasauna 4:0
13 mart, «Kamp Nou»
Gollar: Torres (14 penalti, 21), Obameyang (27), Puch (75).
Barselona — ter Stegen, Alves Pike (Langle, 62), Garsiya, Alba (Mingesa, 80), Buskets, Pedro (Puch, 73), Gavi, Dembele, Torres (Breytueyt, 80), Obameyang (Depay, 71).
Osasuna — Errera, Vidal, D.Garsiya, Kruz, Kote, Martines (Brashanats, 73), Torro (U.Garsiya, 46), Monkayola, Benito (Budimir, 68), R.Garsiya (R.Torres, 46), K.Garsiya.