fbpx Betguru » «Chelsi» titul homiysi klub bilan kelishuvni bekor qildi
Sunday, 24 November 2024
← Go to the news

«Chelsi» titul homiysi klub bilan kelishuvni bekor qildi

«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovichga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan London klubining titul homiysi ham jamoadan yuz o‘girmoqda.

The Athletic xabariga ko‘ra, «Chelsi»ning titul homiyi Three telekommunikatsion kompaniyasi klub bilan amaldagi hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qilgan.

«Buyuk Britaniya hukumati tomonidan yaqinda e’lon qilingan sanksiyalardan keyin biz «Chelsi» bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatishni va jamoa liboslari, stadiondan kompaniyamiz logotipini olib tashlashni so‘radik. Bu qaror «Chelsi»ning jonkuyar muxlislariga ta’sir qilishini yaxshi tushunamiz. Biroq hukumatning sanksiyalaridan so‘ng hamkorlikni to‘xtatishni to‘g‘ri yo‘l deb bilamiz», – deydi klub titul homiysining vakili.

Avvalroq, klubga nisbatan transfer va shartnomalarni uzaytirish taqiqi qo‘yilgani ma’lum qilingandi. Bungacha esa Buyuk Britaniya Roman Abramovichning mol-mulki va aktivlarini muzlatib qo‘ygan, klub o‘yinlarga chipta sota olmasligi haqida xabar qilingan edi.

image