APL. «Tottenhem» Keynning dubli evaziga dramatik bahsda g‘alaba qozonib, «Siti»ning 15 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda peshqadam «Manchester Siti» o‘z uyida qatorasiga 3 o‘yindan beri yutqazayotgan «Tottenhem»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Birinchi bo‘limda Kulusevski Premer-ligadagi debyut goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Gundo‘g‘an muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Keyn «shporlar»ni hisobda oldinga olib chiqdi, 90+2-daqiqada Mahrez yana hisobni tenglashtirdi. Quvlashmachoq yakunida, 90+5-daqiqada Keyn dublini rasmiylashtirib, londonliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa Gvardiola jamoasining milliy chempionatda 15, barcha turnirlar doirasida 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi.
«Manchester Siti» hamon 63 ochko bilan 1-o‘rinda, 2-o‘rindagi «Liverpul» (57) 6 ochko ortda, ammo merisaydliklar zaxirasida bir o‘yin bor. Zaxirasida 3 o‘yini mavjud «Tottenhem» 39 ochko bilan 7-pog‘onaga ko‘tarildi.
APL. 26-tur
Manchester Siti — Tottenhem 2:3
19 fevral, «Etihad»
Gollar: Gundo‘g‘an (33), Mahrez (90+2, penalti) — Kulusevski (4), Keyn (59, 90+5).
Manchester Siti — Ederson, Uoker, Diash, Laport, Kanselu, de Bryuyne, Rodri, Gundo‘g‘an, Sterling (Mahrez, 68), Silva, Foden.
Tottenhem —Loris, Romero, Dayer, Devis, Emerson (Doerti, 83), Hyoyberg, Bentankur, Sessenon (Sanches, 90+3), Kulusevski, Son (Moura, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Hyoyberg (64), Romero (77), Loris (80).