← Go to the news
18.11.2021
125
Serbiya futbolchilari JCH yo‘llanmasi uchun berilgan 1 mln yevroni kasal bolalarga yordam beradigan fond hisobiga o‘tkazishdi Serbiya milliy jamoasi futbolchilari jahon chempionatiga chiqqanligi uchun berilgan bonuslarni xayriya qilishdi.
Mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich futbolchilarga 1 mln yevro mukofot puli va’da qilgandi va Portugaliya (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng pul Serbiya futbol federatsiyasi hisobiga o‘tkazildi.
Ammo futbolchilar ushbu mablag‘ni xayriyaga — kasal bolalarga yordam berish fondiga o‘tkazishga qaror qilishdi.