fbpx Betguru » IFF rahbari «Yuventus»ni ogohlantirdi. Klub Superligani tark etmasa, A Seriyadan chetlatiladi
Saturday, 21 December 2024
← Go to the news

IFF rahbari «Yuventus»ni ogohlantirdi. Klub Superligani tark etmasa, A Seriyadan chetlatiladi

Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravina «Yuventus» klubi Yevropa Superligasini tark etmasa, A Seriyadan chetlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Qoidalar barcha uchun barobar. Agar «Yuventus» kelasi mavsum startigacha Yevropa Superligasini tark etmasa, Turin klubi A Seriyada ishtirok eta olmaydi.

Albatta, bu eng avvalo muxlislar uchun alamli bo‘ladi, ammo qoidalar hamma uchun barobar. Umid qilamanki, «Yuve» rahbariyatining qarshiligi tez orada tugaydi», – deya Gravinaning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Superliganing ta’sischi klublari safini tark etishni istamayapti. Qolgan 9 klub turnirni tark etganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, klublar Superligani tark etmasa, UEFA keyingi mavsumda jamoalarni yevrokuboklardan chetlatishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» «Milan» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatidan (0:3) keyin A Seriya yakunlanishiga uch tur qolganda 69 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi. Jamoa to‘rtlikka kira olmasa, YeCHL emas, Yevropa ligasida ishtirok etishi mumkin.

image