fbpx Betguru » Gvardiola: «Terrining sirpanib ketishi, «Real»ning «Atletiko»ga 93-daqiqada gol urishi. YeCHLda kichik epizodlar ham o‘yinni hal qiladi»
Thursday, 26 December 2024
← Go to the news

Gvardiola: «Terrining sirpanib ketishi, «Real»ning «Atletiko»ga 93-daqiqada gol urishi. YeCHLda kichik epizodlar ham o‘yinni hal qiladi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeCHL yarimfinalidan o‘rin olgan «PSJ»ga (2:0, 2:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu g‘alaba barchamizga va butun klubga tegishli. Nihoyatda faxrlanaman. Dastlabki fikrlarim bugun maydonga tushmagan futbolchilar haqida. Ularning barchasi o‘ynashga loyiq edi. Hamma o‘z hissasini qo‘shdi. Muvaffaqiyatdan zavq olish vaqti keldi. Endi APLda chempionlikka erishib, finalga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-3 hafta sarflashimiz kerak.

Birinchi bo‘limda «PSJ»da maydon markazida ko‘plab futbolchilar bor edi va biz bosim tufayli qiynaldik. Tanaffusdan keyin o‘yinimizni o‘zgartirdik, to‘pni tez-tez qabul qila boshladik va umuman ancha yaxshi harakat qildik. «Barselona» va «Bavariya»ni turnirdan chiqarib yuborgan jamoaga qarshi ikki o‘yinda 4:1 hisobini qayd etish katta ahamiyatga ega.

«PSJ» har yili o‘z chempionatida g‘alaba qozonadi. Ular oxirigacha kurashishdi. Odamlar finalga borish oson deb o‘ylashadi. Hal qiluvchi bahsga yetib borish bizning so‘nggi 4-5 yil davomida olib borgan ishlarimizga mazmun bag‘ishlaydi.

Yigitlar har kuni doimiy darajada ishlashdi va bu juda ajoyib. Bu turnirda kichik epizodlar tufayli chiqib ketishingiz mumkin. Jon Terri sirpanib ketdi va «MYU» Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi (2008 yil), shuningdek, ular so‘nggi daqiqalarda «Bavariya»ni mag‘lub etishdi (1999 yil). «Real» «Atletiko»ga 93-daqiqada gol urdi (2014). Bu turnirda g‘alaba qozonish juda qiyin», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi VVS.

image