← Go to the news
12.04.2021
116
Milan» safardagi g‘alabalar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi
«Milan» Italiya chempionatining 30-turida mehmonda «Parma»dan (3:1) ustun keldi.
Shu tariqa «rossoneri»ning bu mavsumda A Seriya doirasida safardagi g‘alabalari 13taga yetdi. Bu – klub rekordi. Bungacha jamoa hech bir mavsumda mehmonda 13 bor g‘alaba qozonmagan edi.
«Milan» navbatdagi safar bahsini 25 aprel kuni «Latsio»ga qarshi o‘tkazadi.