← Go to the news
31.03.2021
144
YeCHL 1/4 finalidan o‘rin olgan «Portu» va «Chelsi» o‘rtasidagi o‘yinlar Ispaniyaga ko‘chirildi
Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Portu» va «Chelsi» o‘rtasidagi bahslar Ispaniyaga ko‘chirildi.
Portugaliya COVID-19 bo‘yicha Buyuk Britaniyaning «qizil ro‘yxati»dan chiqarilganiga qaramay, UEFA o‘yinlarni neytral stadionda o‘tkazishga qaror qildi.
Bellashuvlar «Sevilya»ning uy stadioni «Ramon Sanches Pisxuan»da bo‘lib o‘tadi. Birinchi bahs 7 aprelga, javob o‘yini 13 aprelga belgilangan.