Italiya chempionatining 13-turida «Jenoa» yangi bosh murabbiyi Andrey Shevchenkoning debyutida «Roma»ga mag‘lub bo‘ldi. Eldor Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Afena-Gyanning dubli rimliklarga 3 ochko keltirdi.

«Roma» ochkolarini 22taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Jenoa» 9 ochko bilan 18-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 13-tur
Jenoa — Roma 0:2
21 noyabr, «Luiji Ferrari»
Gollar: Afena-Gyan (82, 90+4).
Jenoa – Sirigu, Sabelli (Gilone, 84), Masello, Biraski (Byanki, 84), Vaskes, Kambyazo, Badel (Galdames, 90), Sturaro (Buksa, 90), Rovella, Pandev (Ernani, 63), Ekuban.
Roma – Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Kumbula (Smolling, 87), Rojer, Mxitaryan, Veretu, Pellegrini (Bove, 90+3), Shomurodov (Afena-Gyan, 75), Abraham, El-Shaaravi.

Ishonchli bukmeker

0