Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoa agar JCH-2022ga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, iste’foga chiqishi haqida gapirdi.

«Men bu haqda o‘ylamaganman ham. 2014 yilda Fernandu Gomesh (Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari) bilan muzokaralar olib borganimda, agar topshiriqni bajara olmasam, o‘sha kuniyoq ketishimni aytganman. Shu sababli, men zimmamga yuklatilgan barcha vazifalarni hal qildim. Biz shu paytga qadar yirik turnirlarga 3 marta bordik, biroq bu safar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadik.

Portugaliya mening davrimda qachon pley-offda o‘ynagan? Bu birinchisi! Biron marta yirik turnirlardan qolib ketdikmi? Albatta, agar biz JCHdan qolib ketsak, men iste’foga chiqaman», – deya Santushning so‘zlarini keltiradi «Record» nashri.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya guruh bosqiching so‘nggi o‘yinida Serbiyaga 90-daqiqada gol o‘tqazib, mag‘lub bo‘ldi va saralashni 2-o‘rinda yakunladi. Endi milliy jamoa kelasi yil bahorda pley-off bahslarida ishtirok etadi.

Ishonchli Bukmeker

0