«Yuventus» «River Pleyt» hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqmoqda.

ESPN’ning yozishicha, Turin klubi 21 yoshli futbolchini yanvarda sotib olish haqida o‘ylayapti.

Klublar o‘rtasida norasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tgan. «Yuve» darhol 15 mln yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, 10 mln yevro bonuslar ko‘zda tutilgan. «River» esa 20 mln yevro so‘rayapti.

Xulianning amaldagi shartnomasi 2022 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan. Unga «Milan» ham qiziqmoqda.

Alvares bu mavsumda «River» safida 16ta bahsda 15ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. U Argentina chempionati to‘purari bo‘lib turibdi.

Ishonchli Bukmeker

0