Yevropa qit’asida JCHga borishi kerak bo‘lgan 13 jamoadan 10tasi ma’lum bo‘ldi — Germaniya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Serbiya, Xorvatiya, Shveysariya, Angliya, Niderlandiya.

Qolgan 3 yo‘llanma egasi ikki bosqichdan iborat pley-offda aniqlanadi. Unda saralashda o‘z guruhida 2-o‘rinni olgan 10ta jamoa va 2-o‘rinni egallay olmaganlar orasida Millatlar Ligasida yaxshi natijaga erishgan — Avstriya va hamda Chexiya qatnashadi.

Jamoalar to‘plagan ochkolariga qarab ikki savatchaga bo‘lindi. 6 jamoa qatnashgan guruhdan chiqqanlarning so‘nggi o‘rindagilar bilan o‘yinlarda to‘plagan ochkolari olib tashlandi.

1-savatcha: Portugaliya (guruhda 17 ochko to‘plagan, to‘plar nisbati +11), Shotlandiya (17, +7), Italiya (16, +11), Rossiya (16, +9), Shvetsiya (15, +6) va Uels (15, +5);

2-savatcha: Turkiya (15, +2), Polsha (14, +8), Shimoliy Makedoniya (12, +3), Ukraina (12, +3), Avstriya va Chexiya (Millatlar Ligasi orqali).

Pley-off yarimfinal va finaldan iborat bo‘ladi. Yarimfinalga 26 noyabr kuni qur’a tashlanadi. Faqat bir o‘yindan iborat bahsni 1-savatchadagi jamoalar o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.

Finalga qur’a tashlashda esa savatchalar bo‘lmaydi. Hal qiluvchi bellashuvlar ham bir o‘yindan iborat bo‘ladi.

Yarimfinallar 2022 yil 24 martda, finallar 29 martda bo‘lib o‘tadi.

Ishonchli Bukmeker

0