Yevropa qit’asida jahon chempionati saralashi doirasida guruh bosqichi bahslari yakunlandi.

D guruhida muddatidan avval mundial masalasini hal qilgan Fransiya (18) safarda Finlyandiyani (11) mag‘lub etdi. Bundan foydalangan Ukraina (12) Bosniyada g‘alaba qozonib, pley-offda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

G guruhida Niderlandiya (23) o‘z uyida Norvegiyadan (18) ustun kelib, peshqadamlikni saqlab qoldi va JCHga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Turkiya (21) esa Chernogoriya ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi.

Barcha masala hal bo‘lgan Ye guruhida Belgiya (20, 1-o‘rin) Uelsda (15, 2-o‘rin) murosa yo‘lini tanladi. Chexiya (14) guruhda 3-o‘rinni egallaganiga qaramay, Millatlar Ligasidagi ijobiy ishtiroki tufayli Avstriya kabi pley-offda ishtirok etadi.

Shu tariqa Yevropa qit’asidan JCHga borishi kerak bo‘lgan 13 jamoadan 10tasi ma’lum bo‘ldi — Germaniya, Daniya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Serbiya, Xorvatiya, Shveysariya, Angliya, Niderlandiya.

Qolgan 3 yo‘llanma egasi ikki bosqichdan iborat pley-offda aniqlanadi. Unda 12 jamoa qatnashadi — Portugaliya, Rossiya, Italiya, Shvetsiya, Shotlandiya, Uels, Polsha, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Turkiya, Chexiya va Avstriya.

Pley-offga 26 noyabr kuni qur’a tashlanadi. O‘tish o‘yinlari 2022 yil mart oyi so‘ngida o‘tkaziladi.

JCH-2022 saralashi. Yevropa
10-tur. 16 noyabr
D guruhi
Finlyandiya — Fransiya 0:2
Gollar: Benzema (66), Mbappe (76).
Finlyandiya – Gradetski, Uronen (Teylor, 73), O`Shonessi (Poxyanpalo, 82), Vyaysyanen, Ivanov, Hyamyalyaynen, Shyuller (Forss, 64), Kamara, Nissilya (Valakari, 82), Lud, Pukki.
Fransiya – Loris, Dyubua (Pavar, 46), Zuma, Upamekano, Kunde (Koman, 57), Din, Rabo (Veretu, 86), Tchuameni, Grizmann (Genduzi, 67), Mbappe, Diabi (Benzema, 56).

Bosniya va Gersegovina — Ukraina 0:2
Gollar: Zinchenko (59), Dovbik (79).
Bosniya va Gersegovina – Vasil, Ahmedhojich, Kovachevich, Hajikadunich, Sushich, Stevanovich, Hajiaxmetovich (Nalich, 71), Prsich (Krunich, 64), Goyak (Simirot, 64), Demirovich (Kodro, 80), Menalo (Prevlyak, 71).
Ukraina – Buan, Timchik, Matviyenko, Zabarniy, Sobol (Shaparenko, 64), Stepanenko, Malinovskiy (Sidorchuk, 81), Zinchenko, Sigankov (Zubkov, 75), Yarmolenko (Karavayev, 82), Yaremchuk (Dovbik, 75).

Ye guruhi
Uels — Belgiya 1:1
Gollar: Mur (32) — de Bryuyne (12).
Uels – Uord, Roberts, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Morrell, Remzi (Jonson, 90+3), Allen, Mur, Jeyms.
Belgiya – Kastels, Mene (Trossard, 85), Boyata, Kastan (Dendonker, 59), Teate (Vertongen, 85), T.Azar, Vitsel, de Bryuyne, Vanaken, de Ketelare (Salemakers, 58), Origi (Vanzeyr, 59).

Chexiya — Estoniya 2:0
Gollar: Brabets (59), Sikora (85).
Chexiya – Vatslik, Soufal, Brabets, Zima, Novak, Masopust (Krmenchik, 60), Barak, Kral (Kuxta, 60), Sadilek (Pavelka, 69), Peshek (Sikora, 28), Vidra (Kopits, 69).

G guruhi
Niderlandiya — Norvegiya 2:0
Gollap: Bergveyn (84), Depay (90+1).
Niderlandiya – Sillessen, Dumfris, van Deyk, de Ligt, Blind, Veynaldum, Klassen (de Ron, 74), de Yong, Depay, Bergveyn, Danjuma (Ake, 89).
Norvegiya – Nyuland

0