Ispaniya chempionatida 11-tur bahslari davom etmoqda.

«Barselona» Madridda «Rayo Valekano»ga minimal hisobda yutqazib qo‘ydi. Falkaoning goli mezbonlarga 3 ochko keltirdi, kataloniyaliklar safida Depay penaltidan foydalana olmadi.

«Sevilya» safarda «Malorka» bilan o‘yinda Lamelaning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

La Liga. 11-tur. 27 oktyabr

Rayo Valekano — Barselona 1:0
Gol: Falkao (30).
Amalga oshirilmagan penalti: Depay (72).
Rayo Valekano — Dimitriyevski, Balliu, Savelich, Katena, F.Garsiya, Valentin (M.Suares, 90+3), Komesana (Lopes, 63), Palazon, Trexo (Siss, 76), A.Garsiya, Falkao (Nteka, 76).
Barselona — ter Stegen, Roberto (Demir, 60), Pike, E.Garsiya, Alba, Niko (Lyuk de Yong, 84)., Buskets, Koutino (Gavi, 74), Dest, Aguero, Depay.

Malorka — Sevilya 1:1
Gollar: Sanches (22) — Lamela (73).
Malorka — Reyna, Maffeo, Valent, Russo, Olivan, Xosabed (Sedlar, 72), Inigo (Sevilya, 78), Baba, Rodriges (Sastre, 90+4), Ndiaye (Kosta, 78), Anxel (Nino, 78).
Sevilya — Bunu, Navas, Kunde, Karlos, Akunya, Xordan (Rakitich, 82), Fernando, Torres (Dileyni, 53), Munir (Augistinsson, 53), Suso (Lamela, 53), Mir.
Chetlatish: Kosta (90+2).

0