Ispaniya chempionatining 11-turida «Real» Madridda «Osasuna» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Madrid klubi ochkolarini 21taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra 1-o‘ringa chiqib oldi. «Osasuna» 19 ochko bilan 6-pog‘onaga joylashgan.

«Betis» o‘z uyida «Valensiya» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, 21 ochko bilan (3-o‘rin) peshqadamlarga yetib oldi.

La Liga. 11-tur. 27 oktyabr

Real — Osasuna 0:0
Real — Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 69), Militao, Alaba, Mendi (Marselo, 69), Kamavinga (Rodrigo, 46), Kazemiro, Kroos, Asensio (Azar, 69), Benzema, Vinisius.
Osasuna — Errera, Vidal, D.Garsiya, U.Garsiya, Krus, Sanches, Monkayola, Torro, Kalvo (R.Garsiya, 67), Kike, Avila (Brashanats, 67).

Betis — Valensiya 4:1
Gollar: Iglesias (14 penalti, 30), Pesselya (61), Xuanmi (68) — Paulista (39).
Betis — Bravo, Montoyya, Pesselya, Ruis, Moreno, Yearvalyu (Bayon, 84), Rodriges (Guardado, 63), Kanales, Fekir (R.Garsiya, 74), Xuanmi (Xoakin, 74), Iglesias (Villian Joze, 84).
Valensiya — Sillessen, Fulke, Paulista (Diakabi, 45+3), Alderete, Gayya, Gedesh (Valexo, 75), Vass (Rachich, 75), Gilyamon, Vaskes (Musa, 60), Duro (Koshta, 60), Andre.

0