«Barselona» jamoaning sobiq yarimhimoyachisi Xavini bosh murabbiy etib tayinlashni maqsad qilgan.

El Chiringuito’ning yozishicha, kataloniyaliklar payshanba kuni barcha tafsilotlarni hal qilishga umid qilishmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar»ning ayrim o‘yinchilari allaqachon 41 yoshli murabbiy bilan gaplashgan.

Xavi futbolchilik faoliyatining katta qismini (1998-2015) «Barsa»da o‘tkazgan va jamoa bilan 25ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sobiya yarimhimoyachi 2015 yilda «As Sadd»ga o‘tib, 2019 yildan shu jamoa ustoziga aylangan. U murabbiylik faoliyatida Qatar klubi bilan 7ta sovringa ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» rahbariyati La Liga 11-turidan o‘rin olgan «Rayo Valekano» (0:1) bilan bahsdan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqardi. Jamoa chempionatda 15 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

0