Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Real» Kataloniyada «Barselona»ni mag‘lub etdi. Qarshi hujumlarda Alaba va Vaskes tomonidan kiritilgan to‘plar Madrid klubiga «Klasiko»lardagi ketma-ket 4-g‘alabani keltirdi. Mezbonlar safida Aguero so‘nggi soniyalarda yangi jamoasidagi debyut golini urdi.

«Real» ochkolarini 20taga yetkazib, peshqadamga aylanib oldi. «Barselona» 15 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

La Liga. 10-tur
Barselona — Real 1:2
24 oktyabr, «Kamp Nou»
Gollar: Aguero (90+7) — Alaba (32), Vaskes (90+3).
Barselona — ter Stegen, Mingesa (Koutino, 46), Pike, Garsiya, Alba, Dest, Buskets, Frenki de Yong (Roberto, 77), Gavi (Lyuk de Yong, 85), Depay, Fati (Aguero, 74).
Real — Kurtua, Vaskes, Militao, Alaba, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Rodrigo (Valverde 72, Karvaxal 90+2), Vinisius (Asensio, 87), Benzema.
Ogohlantirishlar: Pike (58), Mendi (80).

0