Angliya Premer-ligasi 9-turining markaziy uchrashuvi «Manchester Yunayted» hamda «Liverpul» o‘rtasida o‘tdi.

«Old Trafford»dagi uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari sharmandali hisobda yutqazishdi. 5-daqiqadayoq Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakuniga qadar Jota farqni ikkitaga, Saloh esa dubl evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 0:4.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa zaxiradan maydonga tushgan Pogbaning xatosidan keyin Saloh het-trikni qayd etdi – 0:5.

10 daqiqa o‘tib, Pol Keytaga nisbatan qo‘polligi tufayli qizil kartochkaga loyiq ko‘rilib, jamoasini yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Shunga qaramay, Pogbaning maydonda yo‘qligi hisobga boshqa ta’sir qilmadi.

Klopp shogirdlari azaliy raqibi ustidan erishilgan o‘ta yirik hisobdagi g‘alaba evaziga ochkolari sonini 21taga yetkazib, 2-o‘rinda qolishdi. «MYU» esa sharmandali mag‘lubiyatdan keyin 14 ochko bilan 7-pog‘onaga pastladi.

APL. 9-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 0:5
Gollar: 0:1 – 5 Keyta, 0:2 – 13 Diogu Jota, 0:3 – 38 Saloh, 0:4 – 45 Saloh, 0:5 – 50 Saloh.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh (Kavani, 62), Maktomini, Ronaldu, Reshford (Diogu Dalot, 62), Grinvud (Pogba, 46).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Milner (Djons, 27), Xenderson, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 64), Firmino, Saloh, Diogu Jota.
Ogohlantirishlar: Shou (41), Ronaldu (45), Fred (45), Brunu Fernandesh (46), Maguayr (55).
Chetlatish: Pogba (60).

0