Rossiya chempionatining 12-turidan o‘ril olgan markaziy bahsda «Zenit» o‘z maydonida «Spartak»ni tor-mor etdi. Ozmun va Mostovoy dublga erishgan bo‘lsa, Klaudino, Dzyuba va Yeroxin ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Yagona javob to‘pi Promes hisobiga yozildi.

«Zenit» ochkolarini 26taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Spartak» 17 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

RPL. 12-tur
Zenit — Spartak 7:1
24 oktyabr, «Gazprom Arena»
Gollar: Ozmun (21, 36), Klaudino (28), Mostovoy (45+1, 56), Dzyuba (79, penalti), Yeroxin (88) — Promes (54).
Zenit – Kritsyuk, Karavayev, Lovren, Rakitskiy (Dzyuba, 75), Chistyakov, Duglas Santos (Krugovoy, 13), Barrios (Kravsov, 83), Vendel, Mostovoy (Sutormin, 75), Ozmun, Klaudino (Yeroxin, 83).
Spartak – Maksimenko, Jikiya, Rasskazov, Kofriye, Ayrton, Mozes (Lomovitskiy, 72), Litvinov, Zobnin (Hendriks, 46), Promes (Bakayev, 72), Larsson (Ignatov, 46), Sobolev.
Ogohlantirishlar: Kofriye (65), Rakitskiy (72), Sobolev (90).
Chetlatish: Kofriye (79).

0