APL 8-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Liverpul» safarda «Uotford» mehmoni bo‘ldi.

Shu kuni Klaudio Raneri mezbonlar bosh murabbiyi sifatidagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuvda Klopp shogirdlari 5:0 hisobida zafar quchishdi. Firmino het-trikka erishdi.

Natijada, «Liverpul» 18 ochko bilan peshqadamga aylandi. «Uotford» esa 7 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

APL. 8- tur
Uotford – Liverpul 0:5
Gollar: 0:1 – 9 Mane, 0:2 – 37 Firmino, 0:3 – 52 Firmino, 0:4 – 54 Saloh, 0:5 – 90 Firmino.
Uotford – Foster, Femeniya (Ngakia, 56), Ketkart, Trost-Ekong, Rouz, Mazina (Kleverli, 46), Sissoko, Kutska, Dennis (Joao Pedro, 69), Ernandes, Sarr.
Liverpul – Kellexer, Aleksander-Arnold (Oksleyd-Chemberlen, 65), Matip, van Deyk, Robertson (Simikas, 64), Milner (Uilyams, 83), Henderson, Keyta, Firmino, Saloh, Mane.

0