Superliga 22-turi doirasida Jizzaxda o‘tgan «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi yakuniga yetdi.

O‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi va «So‘g‘diyona» 40 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa-da, so‘nggi to‘rt turda 54 ochkoga ega «Paxtakor»ga yeta olmasligi oydinlashdi.

«Nasaf»da matematik jihatdan Toshkent klubiga yetib olish imkoniyati bor. Ammo o‘zaro o‘yindagi ustunlik «Paxtakor» foydasiga.

Shu tariqa, «Paxtakor» Superliga yakunlanishiga 4 tur qolganida muddatdan avval 14 karra O‘zbekiston chempioniga aylandi.

Superliga. 22-tur
16 oktyabr, shanba
«Co‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» – 1:1
Hakam: Asker Najafaliyev
Gollar: Elyor Orifov 37 – Murod Holmuhammedov pen., 4.
«So‘g‘diyona»: 27.Milan Mitrovich, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon No‘’monov (18.Darko Stanoyevich, 76), 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (15.Jasurbek Hakimov, 65), 17.Shahboz Jo‘rabekov (28.Ergash Ismoilov, 76), 19.Javohir Qahramonov, 31.Luka Chermel, 63.Asiljon Begimqulov (2.Sardor Qulmatov, 18), 93.Marko Kolakovich.
«Qo‘qon-1912»: 1. Muzaffar Abdullayev, 8.Farhod Bekmurodov, 10.Shohnazar Norbekov (9.Xamidillo Abduhamidov, 73) 13.Sardor Azimov, 14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov ( 3. Bobur Akbarov, 88), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (11.Mo‘min Meliyev,73).

0