Osiyoning bir qator stadionlarida JCH-2022 3-saralash bosqich 4-turidan o‘rin olgan o‘yinlar o‘tkazildi.

«A» guruhida Eron milliy jamoasi Janubiy Koreya bilan bahsda durang qayd etib, saralashda ilk ochkolarini yo‘qotdi. Son Hyon Minning goliga Alirizo Jahonbaxsh o‘z goli bilan javob berdi – 1:1.

Suriya esa Ar-Riyoddagi «Qirol Fath» stadionida Livanga qarshi maydonga tushib, kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi – 2:3.

BAA hamda Iroq o‘rtasidagi o‘yin ham qiziqarli o‘tdi. 1:1 hisobi qayd etilayotganda Iroq 89-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketgandek edi, go‘yo. Ammo 90+3-daqiqada Ali Mabhut mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.

«A» guruhi. 4-tur. 12 oktyabr

Eron – Janubiy Koreya – 1:1
Gollar: Alirizo Jahonbaxsh 76 – Son Hyon Min 48.

Suriya – Livan – 2:3
Gollar: Omar Harbin 20, Umar as-Soma 64 – Muhammad Quduh 45+1, 45+3, Hassan Ali Saad 53.

BAA – Iroq – 2:2
Gollar: Kayo 33, Ali Mabhut 90+3 – Al-Atas 74 (avt.), Ayman Husseyni 89

«A» guruhidagi vaziyat:

«B» guruhida esa Yaponiya Avstraliyani mag‘lub etishga erishgan bo‘lsa, Ummon Vetnamdan ustun keldi.

Guruhdagi so‘nggi o‘yinda esa Saudiya Arabistoni muxlislari qarshisida Xitoyni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqargan o‘yinda mezbonlar qiyin g‘alabaga erishishdi – 3:2.

Natijada, Erve Rener shogirdlari maksimal 12 ochko bilan guruh peshqadami sifatida qolishdi.

«B» guruhi. 4-tur. 12 oktyabr

Yaponiya – Avstraliya – 2:1
Gollar: Tanaka 8, Bexich 85 avt. – Xrustich 69.

Ummon – Vetnam – 3:1
Gollar: As-Sobhi 45+1, Al-Xoldi 49, Al-Yahyoviy 63 pen. – Nguyen Lin 39.

Saudiya Arabistoni – Xitoy – 3:2
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)
Gollar: Sami An-Najmi 15, 38, Firas Al-Buraykan 72 – Aloizio 46, U Si 87.

«V» guruhidagi vaziyat:

0