Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiyalik hujumchi joriy mavsum La Ligada 4 o‘yinda maydonga tushib, 6ta golga mualliflik qilgan.

Benzema sentyabr oyida «gol+pas» tizimida 10 ball to‘plagan – 6ta gol va 4ta assist.

Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida 8 o‘yindan keyin 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda

0