Italiya A Seriyasi 7-turining so‘nggi uchrashuvi «Atalanta» hamda «Milan» o‘rtasida kechdi.

Bergamoda o‘tgan turning markaziy o‘yinida Stefano Pioli murabbiyligidagi «Milan» jamoasi Jan Pero Gaspirini boshchiligidagi «Atalanta»dan ustun kelishdi. 1-daqiqadayoq Kalabriya mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Tonali va Leau farqni yirik ko‘rinishga keltirishdi – 0:3.

86-daqiqada esa Sapata penaltidan farqni qisqartirgan bo‘lsa, Pashalich qo‘shimcha daqiqalarda yakuniy natijani o‘rnatdi – 2:3.

Ushbu g‘alaba evaziga milanliklar ochkolari sonini 16taga yetkazib, 3-o‘rinda qolishdi. «Atalanta» esa 11 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.

A Seriya. 7-tur

Atalanta – Milan 2:3
Gollar: 0:1 – 1 Kalabriya, 0:2 – 42 Tonali, 0:3 – 78 Rafael Leau, 1:3 – 86, penalti Sapata, 2:3 – 90+3, Pashalich
Atalanta – Musso, Dzappakosta, Palomino, Gimshiti, Demiral (Kopmeyners, 46), Mele (Muriel, 56), Pashalich, de Ron, Froyler, Pessina (Petssella, 24), Malinovskiy (Ilichich, 56), Sapata.
Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes (Ballo-Ture, 80), Kessie, Salemakers, Tonali (Bennaser, 80), Rebich, Rafael Leau, Braim Dias (Junior Messias, 74).

0