Litvada o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionati Portugaliya milliy jamoasining chempionligi bilan tugadi.

Portugaliya finalda Argentina ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, futzalda jahonning tengsiz jamoasiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda Varela dublga erishgan bo‘lsa, argentinaliklardan Klaudino bitta gol bilan javob qaytardi.

Futzal. JCH-2021. Final.

Argentina — Portugaliya 1:2
Gollar: 0:1 — 15 Varela, 0:2 — 28 Varela, 1:2 — 28 Klaudino.

Avvalroq, 3-o‘rin uchun bahsda Braziliya Qozog‘istondan ustun (4:2) kelgan edi.

0