Angliya Premer-ligasida 7-tur bellashuvlari davom etmoqda.

Ushbu kun dasturidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv «Brayton» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekib, 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Ushbu durangdan so‘ng, Grem Potter shogirdlari hisobidagi ochkolar 14taga yetdi va onlayn jadvalda 2-o‘rinni bo‘lishib turgan «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Everton»ga tenglashib oldi. «Arsenal» esa 10 ochko bilan 9-pog‘onada bormoqda.

APL. 7-tur
Brayton – Arsenal 0:0

Brayton – Sanches, Kukurelya, Dank, Byorn, Daffi, Veltman, Moder (Makallister, 78), Gross (March, 84), Lallana, Trossard, Mope.

Arsenal – Ramsdeyl, Tirni, Gabriel, Uayt, Tomiyasu, Lokonga, Parti, Smit-Rou, Edegor (Pepe, 63), Saka (Meytlend-Naylz), Obameyang (Lyakazett, 72).

0