Bundesliga 7-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

«Borussiya» Dortmundda «Augsburg»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Volfburg» o‘z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubiga yutqazib qo‘ydi. «Shtutgart» «Hoffenhaym»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Herta» «Frayburg»ga mag‘lub bo‘ldi.

Natijada, «Borussiya» D 15 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra «Frayburg»dan o‘zib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Bundesliga. 7-tur
Borussiya D – Augsburg 2:1
Gollar: 1:0 – 10, penalti Gerreyru, 1:1 – 35 Zekiri, 2:1 – 51 Brandt.
Borussiya D – Kobel, Mene (Azar, 52), Xummels (Pongrachich, 66), Akanji, Gerreyru, Vitsel (Djan, 66), Brandt, Volf (Shuls, 72), Bellingem, Roys, Malen (Reyner, 72).
Augsburg – Gikevich, Gaueleu, Oksford, Gumni, Pedersen (Gyunter, 86), Kalidjuri, Grueso (Sarenren Bazeye, 78), Shtrobl, Mayer (Gregorich, 78), Zekiri (Niderlexner, 78), Kordova (Yensen, 63).

Volfsburg – Borussiya M 1:3
Gollar: 0:1 – 5 Embolo, 0:2 – 7 Hofmann, 1:2 – 24 Valdshmidt, 1:3 – 90+5 Skalli.
Volfsburg – Kastels, Mbabu, Bornauv (Bruks, 46), Lakrua, Gerxardt (Russiyon, 46), Gilavogi (Ginchek, 79), Arnold, Baku (Filipp, 79), Vegorst, Valdshmidt, Lukebakio (Nmecha, 66).
Borussiya M – Zommer, Skalli, Ginter, Elvedi, Bayer, Nets (Xerrmann, 58), Hofmann, Zakariya, Kone (Kramer, 60), Shtindl (Plea, 82), Embolo.
Chetlatish: Lakrua (76).
Shtutgart – Hoffenxaym 3:1
Gollar: 1:0 – 18 Kempf, 2:0 – 60 Mavropanos, 3:0 – 81 Massimo, 3:1 – 84 Bruun Larsen.
Shtutgart – Myuller, Kempf, Anton, Mavropanos, Sosa, Kulibali, Karazor, Didavi, Mola, Endo, Mangalya (Narti, 76), Fyurlix (Massimo, 65), Marmush (Klimovich, 76).
Hoffenhaym – Baumann, Kaderjabek (Akpoguma, 57), Fogt, Richards, Raum, Grillich, Gayger (Bruun Larsen, 69), Samasseku (Ryutter, 57), Kramarich, Adamyan (Rudi, 83), Bebu (Dabbur, 70).

Herta – Frayburg 1:2
Gollar: 0:1 – 17 Linxart, 1:1 – 70 Piontek, 1:2 – 78 Petersen.
Gerta – Shvolov, Boyata, Shtark, Dardai (Piontek, 46), Plattenxardt, Boateng (Yastshembski, 59), Tuzar, Serdar, Rixter (Ekkelenkamp, 59), Yovetich (Mittelshtedt, 64), Zelke (Pekarik, 46).
Frayburg – Flekken, Kyubler (Xaberer, 84), Gulde, Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Xefler, Eggeshtayn (Kaytel, 62), Grifo (Petersen, 76), Chjon Vu Yen (Shallai, 76), Xeler (Demirovich, 76).

0