Superligada qolish uchun kurashayotagan «Andijon» jamoasi 2-o‘rinda borayotgan «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Vodiydagi bahsda ikki tomonda ham bir qator vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, o‘yin nursiz durang bilan tugadi – 0:0.

Natijada, «So‘g‘diyona» 39 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Andijon» 17 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Qayd etish joiz, avvalgi turlarda Viktor Kumikov qo‘l ostidagi «Andijon» jamoasi amaldagi chempion «Paxtakor»dan ustun kelgandi.

Superliga. 21-tur
«Andijon» – «So‘g‘diyona» – 0:0
Hakam: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
«Andijon»: 1. Eldorbek Adhamov, 2. Sardor Xursandov, 4. Usmonali Ismonaliyev, 5. Abduvohid G‘ulomov, 8. Baxtiyor Qosimov, 9. Pavel Zabelin, 10. Vladislav Vasilev (6. Ibrohim Otaxonov, 57), 14. Vasiliy Sovpel, 17. Farhod Sohibjonov (7.Sherzod G‘ulomjonov, 57), 26. Muhammadkarim Toirov, 49.Plamen Dimov.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 5. Ayubxon No‘monov, 6. Iskandar Shoyqulov (18.Darko Stanoyevich, 82), 8. Jamshid Boltaboyev, 10. Shoxruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 83), 11. Jasur Hasanov (28.Ergash Ismoilov, 73), 15. Jasur Hakimov (17.Shahboz Jo‘rabekov, 46), 31. Luka Chermel, 63. Asiljon Begimqulov (19.Javohir Qahramonov, 66), 93. Marko Kolakovich

0