«Real» darvozaboni Tibo Kurtua YeCHL 2-turi doirasidagi «Sherif»ga qarshi o‘yindan (1:2) keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sherif»ning ikkita goli ham mohirona ijrodan keyin kiritildi. Biz har doim g‘alaba uchun intilamiz, ammo buning uchun himoyalanish ham kerak. Raqib posboni ajoyib o‘yin namoyish etdi, to‘p uning darvozasiga kirishni istamadi. «Sherif» tarkibida tezkor o‘yinchilar ko‘p, bu ishimizni ancha qiyinlashtirdi. Biz pressing qilishga ulgurmadik. Futbolda shunaqasi bo‘lib turadi.

O‘tgan haftalarda «Selta» va «Malorka» ustidan oson g‘alabalarga erishgandik, bugun esa yutqazdik. Raqib jamoaning ayniqsa ikkinchi goli juda chiroyli ijro edi. Mag‘lubiyatni tezroq unutishga harakat qilamiz», – deydi Kurtua klub rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, Yaxshiboyev gol urgan bahsda «Sherif» o‘z tarixida ilk marta Ispaniyada g‘alaba qozondi. Klub 6 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Real» 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

0