Ispaniya chempionatida 6-turning so‘nggi uch o‘yini bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» safarda «Kadis» bilan durang o‘ynadi va endi 9 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinni egallab turibdi. E’tiborlisi, kataloniyaliklar «Kadis»ni o‘tgan mavsumda ham yenga olishmagandi.

«Real Sosedad» «Granada»ni mag‘lub etib, 13 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Betis» Pamplonada «Osasuna»dan ustun keldi.

La Liga. 6-tur. 23 sentyabr
Kadis — Barselona 0:0
Kadis — Ledesma, Karselen (Akapo, 79), Aroyan, Chust, Espino, Arsamendiya (Perea, 57), Ximenes (Salvi, 46), Fali Ximenes (Yonsson, 40), Alarkon, Negredo (Losano, 57), Sobrino.
Barselona — ter Stegen, Pike, Arauxo, Mingesa, Dest (Puch, 80), Buskets, Frenki de Yong, Gavi (Niko, 73), Demir (Roberto, 46), Depay, Lyuk de Yong (Koutino, 68).
Chetlatish: Frenki de Yong (65).

Granada — Real Sosedad 2:3
Gollar: Sanches (9), Milya (70, penalti) — Elustondo (52, 82), Merino (60).

Osasuna — Betis 1:3
Gollar: Kike (39) — Ermozo (21), Xuanmi (80), Villian Joze (90+3).

0