Rossiya chempionatining 8-turida «Nijniy Novgorod» o‘z maydonida Tulaning «Arsenal» klubini qabul qildi va 85-daqiqada hisobni tenglashtirganiga qaramay, 90+5-daqiqada ochkoni boy berdi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng 11 ochkoga ega «Nijniy Novgorod» 7-o‘ringa tushdi. «Arsenal» 8 ochko bilan 13-o‘ringa chiqib oldi.

Turning markaziy bahslaridan birida «Dinamo» Sochida g‘alaba qozonib, 16 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. 15 ochkoga ega «Sochi» 3-pog‘onaga tushdi.

RPL. 8-tur. 19 sentyabr
Nijniy Novgorod — Arsenal T 2:3
Gollar: Kalinskiy (9), Kozlov (85) — Chaushich (17, 90+5), Markov (45+1).
Nijniy Novgorod – Nigmatullin, Kozlov, Gotsuk, Kechkesh, Penchikov (Tkachuk, 27; Kosarev, 84), Yo‘ldoshev, Kalinskiy, Bumal (Gorbunov, 46), Balyay, Suleymanov (Berkovskiy, 68), Ennin.
Arsenal Tula – Kochenkov, Suxanov (Sokol, 60), Belyayev, Novoselsev, Stepanov, Xlusevich, Kangva (Davitashvili, 71), Tkachev (Lutsenko, 70), Chaushich, Kostadinov, Markov (Panchenko, 87).

Sochi — Dinamo 0:1
Gol: Zaxaryan (12).
Sochi – Janayev, Margasov, Rodrigao, Barach, Proxin, Zaika (Terexov, 46), Noboa, Sallagov, Popov (Burmistrov, 68), Yusupov (Joaozino, 68), Kasserra.
Dinamo – Leuk, Varela, Ordets, Balbuena, Skopinsev (N`Ji, 87), Fomin, Moro, Shimanski (Yevgenev, 60), Grulev (Tyukavin, 66), Makarov (Igboun, 66), Zaxaryan (Parshivlyuk, 46).

0