APL 5-turining markaziy uchrashuvi «Tottenhem» va «Chelsi» o‘rtasida kechdi.

London derbisida uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda hal bo‘ldi. Tiago Silva, Kante va Ryudigerning gollari Tomas Tuxel jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi – 3:0.

Natijada, «Chelsi» ochkolarini 13taga yetkazib, to‘plar nisbatiga «Liverpul» bilan bir xil natija qayd etib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Liverpul» va «MYU» hisobida ham 13tadan ochko bor. «Tottenhem» esa 9 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

APL. 5-tur
Tottenhem – Chelsi 0:3
Gollar: 0:1 – 49 Tiago Silva, 0:2 – 57 Kante, 0:3 – Ryudiger 90+3.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayer, Romero (Sanches, 83), Regilon, Xeyberg, Alli, Lo Chelso (Xil, 62), Ndombele (Skipp, 62), Son Xыn Min, Keyn.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjino, Maunt (Kante, 46), Xaverts (Verner, 70), Lukaku.

0