Angliya Premer-ligasi 5-turi doirasidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

«MYU» Londonda «Vest Hem» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. O‘yinda Benrahma hisobni ochgan bo‘lsa, 5 daqiqa o‘tib Ronaldu Brununing uzatmasini golga aylantirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda Ronaldu ikki marta jarima maydoni ichida yiqitilgan bo‘lsa-da, bosh hakam Martin Atkinson 11 metrlik nuqtani ko‘rsatmadi.

Zaxiradan maydonga tushgan Lingard 89-daqiqaga kelib ajoyib goli bilan o‘tgan o‘yinda YeCHLda yo‘l qo‘ygan aybini yuvdi – 1:2.

Jessining sobiq klubi darvozasiga kiritgan goli go‘yo g‘alaba keltirishi aniqdek edi, ammo 90+3-daqiqada katta sahnaga bosh hakam Atkinson chiqdi. U Yarmolenkoning uzatmasi Shouning qo‘liga tekkanligini penalti sifatida baholadi. 11 metrlik jarima zarbasini ijro etish uchun maydonga tushgan Noblning 90+4-daqiqadagi zarbasini De Xea qaytarishga muyassar bo‘ldi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

APL. 5-tur.
Vest Hem – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 1:0 – 30 Benraxma, 1:1 – 35 Ronaldu, 1:2 – 89 Lingard.
Vest Hem – Fabianski, Soufal, Ogbonna, Zuma, Kressuell, Fornals, Vlashich (Yarmolenko, 68), Souchek, Rays, Benrahma (Lansini, 88), Bouen.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Pogba (Lingard, 73), Fred (Matich, 88), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Grinvud (Sancho, 73).

Brayton – Lester 2:1
Gollar: 1:0 – 35, penalti Mope, 2:0 – 50 Uelbek, 2:1 – 61 Vardi.
Brayton – Sanches, Daffi, Dank, Veltman, Kukurelya, March (Mvepu, 62), Lallana, Bissuma (Moder, 79), Uelbek (Bern, 70), Trossard, Mope.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Vestergor, Seyundjyu, Bertran (Kastan, 68), Ndidi, Tilemans, Sumare (Ixeanacho, 75), Meddison (Lukman, 46), Barns, Vardi

0