Fransiya chempionatining 6-turida «Lans» o‘z maydonida «Lill»ni qabul qilib, Frankovskining yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, tanaffusda har ikki jamoa muxlislari tartibsizliklar yuzaga keltirishdi, ayrimlar maydonga yugurib chiqdi. Natijada 2-bo‘lim boshlanishi taxminan 30 daqiqaga kechikdi.

«Lans» ochkolarini 12taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. «Lill» 5 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashgan.

Liga 1. 6-tur
Lans — Lill 1:0
18 sentyabr, «Bollar-Delelis»
Gol: Frankovski (74).
Lans – Leka, Kloss (Machado, 85), Gradi, Danzo, Medina, Frankovski, Kakuta (Kayuzak, 86), Fofana, Dukure, Sotoka, Kalimuendo (Said, 72).
Lill – Grbich, Chelik, Fonte, Botman, Reynildu (Gudmundsson, 78), Ikone (Yaziji, 78), Gomes (Vea, 62), Andre, Sheka (Onana, 78), Yilmaz, Devid.
Ogohlantirishlar: Reynildu (22), Leka (57), Sotoka (88), Chelik (90).

0