Italiya chempionatining 4-turida amaldagi chempion «Inter» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, raqib darvozasiga 6ta to‘p kiritdi. Jeko dublga erishgan bo‘lsa, Martines, Shkrinyar, Barella va Vesino ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

«Inter» ochkolarini 10taga yetkazib, hozircha 1-o‘ringa chiqib oldi. 7 ochkoga ega «Bolonya» 7-o‘ringa tushdi.

A Seriya. 4-tur
Inter — Bolonya 6:1
18 sentyabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Martines (6), Shkrinyar (30), Barella (34), Vesino (54), Jeko (63, 68) — Teate (86).
Inter – Handanovich, Dumfris, de Vrey (Ranokkiya, 67), Shkrinyar, Bastoni (Kolarov, 74), Dimarko, Brozovich (Galyardini, 74), Vesino, Barella, Korrea (Jeko, 29), Martines (Sanches, 67).
Bolonya – Skorupski, de Silvestri (Teate, 74), Medel, Bonifatsi, Xiki (Deyks, 56), Soriano, Svanberg (Vinyato, 56), Dominges (van Hoydonk, 69), Arnautovich, Sansone (Barrou, 56), Olsen.
Ogohlantirishlar: de Silvestri (23), Xiki (36), Deyks (83).

0