FIFA rasmiy sayti milliy jamoalarning sentyabr oyida o‘tkazgan saralash va o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyingi yangi reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘onaga pastlagan. Srechko Katanets boshqaruvidagi milliy jamoamiz 83-o‘rindan 84-pog‘onaga tushgan. O‘zbekiston 5 sentyabr kuni Shvetsiyaga qarshi safarda o‘yin o‘tkazib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

FIFA reytingida qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston 3 o‘rin yuqorilab, 98-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, Tojikiston ikki o‘rin pastlab 116-o‘rinda, Turkmaniston esa 130-pog‘onadan joy olgan.

Osiyo jamoalari orasida Eron (22-o‘rin), Yaponiya (26), Avstraliya (32) peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Xitoy, Ummon o‘nlikka kirgan bo‘lsa, O‘zbekiston Suriyadan keyingi 12-o‘rinda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, jahon reytingini hali ham Belgiya boshqarmoqda.

0