Italiya chempionatining 3-turida «Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.

Birinchi bo‘limda Kristante hisobni ochdi, ikkinchi bo‘lim boshida Jurichich muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada esa Shomurodovning uzatmasidan so‘ng El-Shaaravi supergol urib, rimliklarga muhim 3 ochkoni keltirdi.

E’tiborlisi, bu bahsda «bo‘rilar» ustozi Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi.

«Roma» ochkolarini 9taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam bo‘lib oldi. «Sassuolo» 4 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 3-tur
Roma — Sassuolo 2:1
12 sentyabr, «Olimpiko»
Gollar: Kristante (37), El-Shaaravi (90+1) — Jurichich (57).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (El-Shaaravi, 70), Veretu (K.Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Shomurodov, 74), Abraham.
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiriopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

0