Angliya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Everton» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Mining goliga Kin, Taunsend va Grey javob berishdi.

«Everton» ochkolarini 10taga yetkazib, peshqadamlar — «MYU», «Chelsi» va «Liverpul»ga yetib oldi. Benites jamoasi to‘plar nisbatiga ko‘ra 4-o‘rinda. 1 ochkoga ega «Byornli» 18-o‘rinda qoldi.

APL. 4-tur
Everton — Byornli 3:1
13 sentyabr, «Gudison Park»
Gollar: Kin (60), Taunsend (65), Grey (66) — Mi (53).
Everton — Pikford, Koulmen, Godfri (Andre Gomesh, 61), Kin, Mina, Din, Allan, Dukure, Taunsend, Grey (Ivobi, 88), Risharlison (Rondon, 81).
Byornli — Poup, Mi, Louton, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson (Lennon, 76), Vestvud, Braunhill, Vud (Rodriges, 86), Barns (Vidra, 76), Maknil.

0