Yevropa qit’asida Jahon chempionati saralashi doirasida 5-tur bahslari yakuniga yetdi.

Germaniya o‘z maydonida Armanistonga javobsiz 6ta, Ispaniya Gruziyaga 4ta, Belgiya Chexiyaga 3ta gol urdi. O‘tgan turda Bolgariyani yenga olmagan Italiya bu safar Shveysariya qarshiligini sindira olmadi. Polsha mehmonda San-Marinoga 7ta to‘p kiritdi.

JCH-2022 saralashi. Yevropa
5-tur. 5 sentyabr

V guruhi
Ispaniya — Gruziya 4:0
Gollar: Gayya (14), Soler (25), Torres (41), Sarabiya (63).
Ispaniya – Unai Simon (Sanches, 74), Aspilikueta, Laport (Albiol, 46), Garsiya (Merino, 60), Gayya (Mendes, 74), Soler, Rodri, Sarabiya, Lorente, Ferran Torres (Fornals, 60), Abel Ruis.

Kosovo — Gretsiya 1:1
Gollar: Muriki (90+2) — Duvikas (45+2).

S guruhi
Shveysariya — Italiya 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Jorjino (53).
Shveysariya – Zommer, Akanji, Vidmer, Rodriges (Garsiya, 63), Elvedi, Fray, Sou (Zakariyo, 63), Ebisher, Suber (Vargas, 63), Shteffen (Fassnaxt, 71), Seferovich (Zakiri, 85).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Kellini, Bonuchchi, Emerson, Lokatelli (Verratti, 77), Jorjino, Berardi (Keza, 59), Barella (Pessina, 90), Insine (Raspadori, 90), Immobile (Dzanolo, 59).

Ye guruhi
Belgiya — Chexiya 3:0
Gollar: Lukaku (8), E.Azar (41), Salemakers (65).
Belgiya – Kurtua, Denayer, Alderveyreld, Vertongen, Kastan, Karrasko (Salemakers, 57), Vitsel, Vanaken (Lukebakio, 81), Tilemans (Dendoker, 81), E.Azar (Trossard, 73), Lukaku (Batshuayi, 81).

I guruhi
San-Marino — Polsha 1:7
Gollar: Nanni (48) — Levandovski (5, 21), Sviderski (16), Linetti (44), Buksa (67, 90+2, 90+4).

J guruhi
Germaniya — Armaniston 6:0
Gollar: Gnabri (6, 15), Roys (35), Verner (45), Hofmann (52), Adeyemi (90+6).
Germaniya – Noyer, Zyule, Kerer (Raum, 84), Ryudiger, Kimmix (Gundo‘g‘an, 61), Hofmann, Roys (Virs, 60), Goretska, Sane (Musiala, 60), Verner, Gnabri (Adeyemi, 72).

Ruminiya — Lixtenshteyn 2:0
Gollar: Toshka (11), Manea (18).

0