Ispaniya chempionatida 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Kataloniyada «Barselona» «Xetafe»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Serji Roberto hamda Memfis Depayning gollariga sobiq «Barsa»chi Sandro Ramires bitta gol bilan javob berdi.

Niderlandiyalik Memfis Depay ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urdi. U ortda qolgan uchta o‘yinda uchta golli harakatni amalga oshirdi va har safar Kataloniya klubining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu g‘alabadan keyin «Barselona» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, yetakchi «Real»ga yetib oldi.

La Liga. 3-tur
Barselona – Xetafe 2:1
Gollar: Serji Roberto (2), Depay (30) – Sandro Ramires (18).
Barselona: ter Stegen, Emerson (Dest, 63), Langle, Arauxo, Alba, Mingesa, Serji Roberto (Gavi, 74), Buskets, de Yong, Grizmann, Breytueyt (Niko Gonsales, 74), Depay.
Xetafe: Soriya, Iglesias (Suares, 46), Mitrovich, Jene, Olivera, Alenya (Timor, 61), Yankto, Akurugu, Maksimovich, Arambarri, Sandro Ramires (Mata, 61), Unal (Masias, 76).

0