Fransiya chempionatida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Reyms» mehmoni bo‘lgan «PSJ» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kilian Mbappening ikkita goli parijliklarga g‘alaba keltirdi. «PSJ» safida argentinalik Lionel Messi debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Fransiya chempionati. 4-tur

Reyms – PSJ 0:2
Gollar: Mbappe (16, 63).
Reyms: Raykovich, Foke, Abdulhamid, Fas, Graviyon, Kassama (Loko, 46), Munetsi, Lopi (van Bergen, 71), Kebbal (Flip, 75), Ture (Ekitik, 81), Mbuku (Berisha, 46).
PSJ: Navas, Hakimi, Markinos, Kerer, Diallo (Kimpembe, 75), Veynaldum (Errera, 66), Guye, Verratti (Paredes, 75), Di Mariya (Draksler, 81), Neymar (Messi, 66), Mbappe

0