Angliya chempionatining 3-turida «Manchester Yunayted» mehmonda «Vulverhempton» bilan bahs yuritdi va 80-daqiqada Grinvud tomonidan kiritilgan yagona to‘p evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

«MYU» ochkolarini 7taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. Ochkosiz «Vulverhempton» 18-pog‘onada bormoqda.

APL. 3-tur
Vulverhempton — Manchester Yunayted 0:1
29 avgust, «Moline»
Gol: Grinvud (80).
Vulverhempton – Joze Sa, Semedu, Koudi (Gibbs-Uayt, 87), Saiss, Kilmen, Marsal, Moutinyu, Ruben Nevesh, Ximenes, Traore (Silva, 87), Trinkau (Podense, 70).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Pogba, Fred, Fernandesh, Sancho (Marsyal, 72), Jeyms (Kavani, 53), Grinvud (Dalot, 89).
Ogohlantirishlar: Fernandesh (44), Nevesh (81), Fred (84), Gibbs-Uayt (90+2), Dalot (90+3), Pogba (90+3).

0