Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ni tark etadi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, portugaliyalik futbolchi bugun 40 daqiqa klub bazasida bo‘ldi va jamoadoshlari bilan xayrlashdi. Uning yagona istagi — yaqin soatlarda jamoasini almashtirish.

36 yoshli hujumchi agenti Jorje Mendeshning «Manchester Siti»dan rasmiy taklif olishini kutmoqda. Krishtianuning o‘zi esa ingliz klubi bilan kelishuvga erishib bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, «Siti» Ronaldu transferi uchun 30 mln yevro to‘laydi va u bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.

0